OnePlus 15 smartfoni yangi rangda taqdim etiladi

15-avgust 2025 12:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus 15
OnePlus 15 yangi rangda taqdim etiladi / Foto: GSMArena

OnePlus 15 smartfoni yangi rangda taqdim etiladi va nePlus 15 avvalgi modelidan sezilarli darajada farq qiladi.

Unda katta dumaloq kamera moduli o‘rniga chap yuqori burchakka joylashgan to‘rtburchak blok o‘rnatiladi. Kompaniya uni SuperBlack rangida taqdim etadi. Smartfon 6,78 dyuymli 1,5K displeyga ega bo‘ladi. Ramkalar juda ingichka va simmetrik bo‘lishi kutilmoqda. Yangilanish tezligi yuqori, yorqinligi esa rekord darajada bo‘ladi. Displey energiyani kam sarflaydi. Qurilma ko‘p funksiyali yangilangan funksiyalar bilan taqdim etiladi.

OnePlus 15’da Snapdragon 8 Elite 2 protsessori ishlatiladi. Akkumulyator sig‘imi 7000 mA·soat bo‘lib, uch kamerali tizim 50 MP asosiy modul va periskopik zumga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OnePlus kompaniyasining yangi flagman smartfoni OnePlus 15 shu yilning oktabr oyida taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek