O‘zbekistonda shina va batareyalarga ekosbor joriy etilishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda Aziz Abduhakimov ma’lum qildi
O‘zbekistonda shinalar va batareyalarga ekosbor joriy etilishi mumkin. Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS

O‘zbekistonda turli mahsulotlarga ekologik yig‘im joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Birinchi bosqichda ekosbor batareyalar va akkumulyatorlar, avtomobillar, moylash materiallari, qadoqlar, shinalar va rezina kameralar, shuningdek, shisha buyumlar uchun belgilanishi taklif etilmoqda.

Har yili mamlakatda 14 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi, ammo uning atigi besh foizi qayta ishlanadi.

Bundan avval Toshkentda maishiy chiqindilarni olib chiqish jarayoni to‘liq raqamlashtirilishi haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, hokimlikdagi yig‘ilishda yangi «Toza Poytaxt» dasturiy ta’minoti tanishtirildi.

Ushbu tizim orqali chiqindi yig‘ish texnikalari mahallabay va belgilangan grafik asosida jalb etiladi. Jarayonda Ekologiya vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Milliy gvardiya hamda mahalla yettiligi o‘z hududlariga mas’ul bo‘ladi.

Bundan tashqari, yangi tizim orqali mahallalardagi ichki ko‘chalarda texnikalar harakatini kuzatish, chiqindi hajmini hisoblash, yuridik tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini baholash, markaziy va ichki ko‘chalardagi sanitariya holatini monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. Barcha ma’lumotlar avtomatik yig‘iladi, bajarilmagan ishlar va chiqindi olib chiqib ketilmagan manzillar tizimda qayd etiladi.

Shuningdek