Yangiliklar

O‘zbekistonga olib kelingan falastinlik bolalar davlat bog‘chalarida bepul o‘qitiladi

2028-yil 1-yanvarigacha
bog‘cha
Foto: Vecteezy

O‘zbekistonga kelgan falastinliklarning har bir oilasiga bir martalik ko‘tarma puli to‘lanadi. Mablag‘ oilada ishlatiladigan nooziq-ovqat mahsulotlari xaridiga mo‘ljallangan. Bu haqda prezident farmonida keltirib o‘tildi.

Shuningdek, har bir mehmon oilaga mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi. Ularning farzandlari yashash manzillari bo‘yicha davlat bog‘chalari va maktablariga navbatsiz joylashtiriladi.

Davlat bog‘chalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi 2028-yil 1-yanvarigacha bekor qilinadi.

Shu bilan birga, mehmon oilalar oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalar va markaziy tibbiyot muassasalarida ro‘yxatga olinadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilishi haqida yozgandi.