Gadjetlar

POCO M7 4G smartfoni taqdim etildi

Smartfon 6,9 dyuymli IPS ekranga ega
POCO M7 4G
Poco M7 4G taqdim etildi / Foto: 4pda

Poco M7 Plus 5G va M7 5G’dan keyin kompaniya arzonroq Poco M7 4G modelini chiqardi. U dizaynda o‘xshash, ammo texnik jihatdan farq qiladi.

Smartfon 6,9 dyuymli IPS ekranga ega bo‘lib, 2340×1080 piksel aniqlik, 144 Hz yangilanish tezligi va 850 nit yorqinlikka ega. Qurilma Snapdragon 685 protsessori, 6 yoki 8 GB tezkor xotira bilan ishlaydi. Ichki xotira 128 yoki 256 GB bo‘lib, microSD orqali 2 TB gacha kengaytiriladi.

Foto: 4pda

Asosiy kamera 50 MP (f/1.8), old kamera esa 8 MP (f/2.0). Ikkalasi ham 1080p video yozadi. Batareya sig‘imi 7000 mA·soat, quvvatlanish tezligi 33 Vt. Korpus IP64 himoyaga ega. O‘lchami 171x82x8,5 mm, vazni 224 g.

Model Polshada taqdim etildi, ammo narx va sotuv sanasi hali e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Poco M7 Plus 13-avgust kuni taqdim etilgani haqida yozgan edi.