
Qozog‘iston 2025-yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM darajasi bo‘yicha sobiq sovet mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egallaydi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, bu ko‘rsatkich $14,77 mingni tashkil etadi, bu Rossiya ($14,26 ming) va Turkmaniston ($13,34 ming)dan yuqori. Qozog‘iston shuningdek, Xitoyni ham ortda qoldiradi, u yerda 13,69 ming dollar prognoz qilinmoqda.
Mintaqaning boshqa davlatlarida bu ko‘rsatkich pastroq: Gruziyada $9,57 ming, Armanistonda – $8,86 ming, Moldovada – $8,26 ming, Belarusda – $7,88 ming, Ozarbayjonda – $7,60 ming, Ukrainada – $6,26 ming.
Reytingning eng past pog‘onalarida esa O‘zbekiston ($3,51 ming), Qirg‘iziston ($2,75 ming) va Tojikiston ($1,43 ming) joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston ilk bor spot bitkoinni savdoga chiqargani haqida yozgan edik.