
Denov tumanida yillik 5 ming dona mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yengil yuk avtomobillari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.




$30 millionlik ushbu loyiha «O‘zeltexsanoat» uyushmasi va Surxondaryo viloyati hokimligi ko‘magida «Humo new energy» MChJ tomonidan amalga oshirildi.




Yangi korxonada 150 ta ish o‘rni yaratildi. Mahalliy sharoitda ishlab chiqarilayotgan butlovchi qismlar aholiga arzon va sifatli transport vositalarini taqdim etishga xizmat qiladi.
Kelgusida korxonada yengil yuk elektromobillari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston avtomobil bozori bir oyda qariyb 30 foizga o‘sgani haqida yozgandi.