Gadjetlar

Tecno Spark Go 5G arzon narxda taqdim etildi

Qurilma 6000 mA·soat sig‘imli batareyaga ega
Tecno Spark Go 5G
Tecno Spark Go 5G arzon narxda taqdim etildi / Foto: Tecno

Tecno yangi Tecno Spark Go 5G smartfonini taqdim etdi. Qurilma 6000 mA·soat sig‘imli batareya va 18 Vt quvvatli zaryadlashga ega. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

6,74 dyuymli HD+ ekrani 120 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon Android 15 va HiOS 15 interfeysida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi besh yil davomida silliq ishlashni va’da qilmoqda. Qurilma MediaTek Dimensity 6400 protsessorida ishlaydi, 4/128 GB xotiraga ega, RAM hajmini virtual ravishda yana 4 GB kengaytirish mumkin.

Foto: Tecno

Asosiy kamera 50 MP, old kamera 5 MP. Spark Go 5G IP64 himoyaga, yon tomondagi barmoq izi skaneriga va AI funksiyalariga ega.

O‘lchamlari 167,74×77,7×7,99 mm, og‘irligi 194 g. Narxi esa $115 ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tecno yangi smartfonlarini taqdim etgani haqida yozgan edi.