Yangiliklar

Telegram 12 yillik sovg‘alarini 3 daqiqada sotib tugatdi

$11 milliondan ortiq daromad keltirdi
Telegram
Foto: Pavel Durov Telegram kanali

Telegram platformasi 12 yilligiga bag‘ishlab taqdim etilgan cheklangan kolleksion sovg‘alar rekord tezlikda sotildi. Bu haqda Pavel Durov ma’lum qildi.

Uning yozishicha, eng talabgir ikki mahsulot — Durov’s Sunglasses va Resistance Dog atigi 15 soniyada xarid qilindi.

Cheklangan oltita kolleksiyadan jami 965 ming dona mahsulot uch daqiqadan kam vaqtda sotilib, messenjerga $11 milliondan ortiq daromad keltirdi.

Eng qimmat sovg‘a Durov’s Sunglasses 30 ming Stars (100 Starts narxi 25 ming 399 so‘m) qiymatida bo‘lib, 5 ming dona ishlab chiqarildi va faqat Premium foydalanuvchilarga taqdim etildi. Resistance Dog esa 5 ming Stars narxda 20 ming dona bilan cheklangan edi. Har ikkisi ham sotuvga qo‘yilgach soniyalar ichida tugadi.

Qolgan sovg‘alar qatorida Sandcastle, Surfboard, Pink Flamingo va Coconut ham mavjud bo‘lib, ular ham 3 daqiqaga yetmasdan xarid qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram ilk marta shaxsiy akkauntga «galochka» bergani haqida yozgandi.