UzAuto Motors 10 kunda yangi Chevrolet modelini taqdim etadi
eʼlon qilindi
Kompaniya qaysi model taqdim etilishi haqida ma'lumotlarni ochiqlamadi

Chevrolet Uzbekistan yangi model haqida tizerni e’lon qildi. Ushbu model 10 kundan keyin namoyish etiladi.
Kursiv Uzbekistan kompaniya bilan bog‘langanda, kompaniya qaysi model taqdim etilishi haqida ma’lumotlarni ochiqlamadi. Ammo saytda shunday yozildi:
Yangi darajadagi quvvat va hashamat birlashgan model yaqinlashmoqda. Uning silueti ortida — kuch, texnologiya va mukammal dizayn uyg‘unligi. Bu oddiy avtomobil emas — bu yangi tajriba, yangi hayot ritmi.

Avvalroq Kursib Uzbekistan yangilangan Chevrolet Tracker global savdoga chiqayotgani haqida xabar bergan edi.