
Wuling Motors besh yil ichida 1,7 millioninchi Hongguang MINIEV elektromobilini ishlab chiqardi. Model 2020-yilda taqdim etilgan bo‘lib, arzon elektromobillar bozorida yangi segment yaratdi.
2025-yil yanvariga kelib, sotuvlar 1,5 mlndan oshgan. MINIEV oilasiga Macaron, Gameboy va uchinchi avlod versiyalari kiradi. 2025-yil fevralida esa kompaniya ushbu to‘rt eshikli modelini $6200dan boshlab taqdim etgaan.
Yangi versiya 3256×1510×1578 mm o‘lcham, 2190 mm g‘ildirak bazasi va 205 km yurish zaxirasiga ega. 30 kVt quvvatli motor tezkor zaryadlashda 30–80% quvvatni 35 daqiqada to‘ldiradi.
Hongguang MINIEV past narxi va amaliyoti bilan kichik elektromobillar segmentida yetakchilikni saqlab qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Camaro 1000 ot kuchiga ega elektromobil sifatida qaytarilishi haqida yozgan edi.