18-avgust kuni Zelenskiy Donald Tramp bilan uchrashadi

eʼlon qilindi
Vashingtonda uchrashishni rejalashtirgan
Tramp va Zelenskiy
Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 18-avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Vashingtonda uchrashishni rejalashtirgan. Bu haqda TASS nashri xabar qildi.

«Mojaroni tugatish bo‘yicha barcha tafsilotlarni dushanba kuni Vashingtonda prezident Tramp bilan muhokama qilmoqchiman. Taklif uchun minnatdorman», — deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida Tramp va Yevropa yetakchilari bilan bo‘lgan telefon suhbatidan so‘ng.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat bir yarim soat davom etgan va mazmunli bo‘lgan. Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan muzokaralardagi asosiy jihatlarni bayon qilgan.

«Biz Trampning Ukraina–Amerika–Rossiya uch tomonlama uchrashuvi bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ukraina ta’kidlaydi: asosiy masalalar liderlar darajasida muhokama qilinishi kerak va uch tomonlama format buning uchun eng maqbuldir», — dedi Zelenskiy. Shuningdek, u «Yevropaning barcha bosqichlarda ishtiroki xavfsizlikni Amerika bilan birgalikda ta’minlash uchun muhim» ekanini qayd etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 15-avgust kuni Tramp – Putin uchrashuvi aniq kelishuvsiz yakunlangani haqida yozgandi.

Shuningdek