
2025-yilda paxta yig‘im-terim mavsumida 1 tonna paxta xomashyosini paxta terish mashinalarida terib olish xizmatlari uchun tavsiyaviy tariflar e’lon qilindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, xizmatning o‘rtacha bahosi 1 372 925 so‘m (yoqilg‘isiz) etib belgilandi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, tarifni hisoblashda quyidagi omillar inobatga olingan:
- paxta terish kombaynlari turli tadbirkorlik subyektlariga tegishli ekanligi;
- texnikalarning unumdorligi va qiymati bir xil emasligi;
- ayrim mashinalar kredit yoki lizing asosida xarid qilinganligi.
Shu sababli belgilangan miqdor o‘rtacha tavsiyaviy narx bo‘lib, amalda xizmat haqi shartnomalarda taraflar kelishuvi asosida belgilanadi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston AQShdan paxta importi masalalarini muhokama qilgani haqida yozgandi.