Farg‘onaliklar Qashg‘arda 2,5 million dollarlik bitim imzoladi

eʼlon qilindi
Farg‘ona va Qashg‘ar shaharlari birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolandi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Qashg‘ar shahriga tashrif buyurgan Farg‘ona delegatsiyasi $2,5 mlnlik bitim tuzdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvlar chog‘ida Farg‘ona va Qashg‘ar shaharlari birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Shuningdek, turizm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, urug‘chilik kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Delegatsiya tashrifi davomida «Dilrabo Travel» (Farg‘ona) va «Kashi katie International Travel» (Qashg‘ar) kompaniyalari o‘rtasida qiymati $2,5 mlnlik bitim tuzildi.

Qo‘qon shahri bilan Qashg‘ar prefekturasining Zepu tumani vakillari ham uchrashuv o‘tkazib, turizm imkoniyatlari va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, kommunal xizmatlar, robototexnika va ishlab chiqarish sohalarida ham kelishuvlarga erishildi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Oltiariq tumani bilan Turfon shahri o‘rtasida uzumchilik yo‘nalishida hamkorlik qilishga kelishildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Turfon shahrida 40 ming gektar maydonda 560 xil nav uzum yetishtiriladi. Farg‘onalik mutaxassislar bu imkoniyatlardan foydalanib, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbek uzumi jahon bozoriga qanday chiqa olishi haqida yozgandi.

Shuningdek