Tramp va Putinning Alyaskadagi uchrashuvi boshlandi — video

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin Alyaskada uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu Trampning Rossiya rahbari bilan Oq uyga qaytganidan keyingi ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ldi.
Air Force One bortida Tramp «sulhni bugun ko‘rishni xohlayman» deb aytib, hududiy almashuv masalasida qarorni Ukrainaning o‘ziga qoldirishini bildirgan. U, shuningdek, Ukrainaga NATO doirasida xavfsizlik kafolatlarini berish imkoniyatini rad etgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu uchrashuvga taklif qilinmagan. U va Yevropa ittifoqi ittifoqchilari Tramp mojaroni muzlatib qo‘yib, Rossiyaning Ukrainadagi beshdan bir hududini nazorat qilishini norasmiy tan olishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Alyaska muzokaralari muvaffaqiyatli bo‘lsa, uch tomonlama sammit o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi uchrashuv 6-7 soat davom etishi va dastlab rejalashtirilgan birga-bir uchrashuvlarga maslahatchilar ham qo‘shilishi mumkin. Amerika vakillari sifatida Tramp, Rubio va Uitkoff ishtirok etadi. Rossiya tomonidan esa Putin bilan birgalikda Lavrov va Ushakov ishtirok etadi.
Avvalroq Tramp Putinga Alyaskadagi foydali qazilmalarni taklif qilishi mumkinligi haqida yozgan edik.