APL. «Manchester Siti» yirik hisobda gʻalaba qozondi, Husanov zaxiradan maydonga tushdi
eʼlon qilindi
4:0 hisobida

APLning 1-turidan oʻrin olgan bahsda «Manchester Siti» oʻz uyida «Vulverhempton»ni qabul qildi va yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi hisobni 34-daqiqada Erling Holand ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Teyani Reynders ikkinchi golni kiritdi. Birinchi bo‘limda hisob boshqa o‘zgarmadi.
Ikkinchi boʻlimning 61-daqiqada Holand dublni rasmiylashtirdi, 81-daqiqada esa Rayan Sherki yakuniy natijani mustahkamladi.
Uchrashuvning 82-daqiqasida oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov maydonga tushirildi. U Jon Stounz oʻrnini egallab, bahs yakuniga qadar bexato harakat qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da haftasiga qancha maosh olishi haqida xabar bergan edi.