
Jennifer Lopezning Markaziy Osiyodagi konsertlari nafaqat shou sifatida, balki daromad va sayyohlarni jalb qilish boʻyicha ham musobaqaga aylandi. Tahlillar Toshkentning barcha koʻrsatkichlarda Olmaotadan ustun chiqqanini koʻrsatdi.
7-avgust kuni san’atkor Toshkentdagi «Milliy» stadionida konsert berdi. Tadbirga 31 mingdan ortiq tomoshabinlar tashrif buyurdi, ularning 15,3 mingtasi xorijlik mehmonlar boʻldi. Poytaxt budjetiga 42,5 mlrd soʻm ($3,3 mln) tushum kirdi.
10-avgust kuni xonanda Olmaotadagi Markaziy stadionda chiqish qildi. Konsertni qariyb 27 ming kishi tomosha qildi, ular orasida 7 ming sayyoh ham bor edi. Soliq tushumlari 600 mln tengeni ($1,2 mln) tashkil etdi.
Shu tariqa Toshkent soliq tushumlarida ham, chet ellik tomoshabinlar sonida ham Olmaotadan ikki-uch barobar yuqori natijaga erishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jennifer Lopez konserti chiptalarining 67 foizi xorijliklarga sotilgani haqida xabar bergan edi.