Putin Shavkat Mirziyoyevga Tramp bilan uchrashuv natijalari haqida maʼlumot berdi

eʼlon qilindi
Putin 15-avgust kuni Alyaskaning Ankorij shahrida boʻlib oʻtgan Rossiya-AQSh sammitining asosiy natijalari haqida Mirziyoyevga batafsil maʼlumot berdi
Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida xalqaro siyosat va ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Putin 15-avgust kuni Alyaskaning Ankorij shahrida boʻlib oʻtgan Rossiya-AQSh sammitining asosiy natijalari haqida Mirziyoyevga batafsil maʼlumot berdi.

Davlat rahbari erishilgan kelishuvlarni qoʻllab-quvvatlab, Ukraina atrofidagi vaziyat tez orada tinch yoʻl bilan hal etilishiga umid bildirdi.

Suhbat chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish masalalari ham koʻtarildi. Prezidentlar Oʻzbekiston va Rossiya korxonalari oʻrtasida ustuvor kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan choralarni muvofiqlashtirish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, barcha darajalarda faol muloqot va tajriba almashinuvlarini davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun, 17-avgust kuni Rossiya prezidenti Qozogʻiston rahbari Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan ham telefon orqali suhbatlashgan. Toʻqayev Putinni Alyaskadagi sammit natijalari bilan tabriklab, uchrashuv AQShga Rossiyaning Ukraina boʻyicha pozitsiyasini yaxshiroq tushunish imkonini berganini taʼkidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Pokistonga xalqiga taʼziya yoʻllagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek