Tramp 22-avgust kuni Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda Axios nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda
Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp 22-avgust kuni Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Axios nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga koʻra, Tramp bu sanani Putin bilan muzokaralardan soʻng Yevropa yetakchilari bilan suhbat davomida tilga olgan. CNN manbalari ham Tramp 22-avgust kuni uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.

Biroq uch tomonlama sammitga tayyorgarlik faqat 18-avgust kuni Vashingtonda Tramp va Zelenskiy oʻrtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli oʻtsa boshlanishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 15-avgust kuni Alyaskaning Ankorij shahrida Tramp va Putin uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Muzokaralarda asosiy mavzu Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urushni toʻxtatish masalasi boʻldi. Gʻarb OAV xabariga koʻra, Putin Donesk va Luganskdan qoʻshinlarni olib chiqishni taklif qilib, buning evaziga frontning boshqa hududlarida jangovar harakatlarni muzlatishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq Zelenskiy ham Tramp va Putin bilan uch tomonlama uchrashuv oʻtkazish tarafdori ekanini ma’lum qilgan edi. Unga koʻra, uning Tramp bilan uchrashuvi 18-avgust kuni Vashingtonda boʻlib oʻtadi.

Shuningdek