Yangiliklar

Chilonzorda vaqtincha yo‘l harakati cheklanadi

18–30 avgust kunlari
Chilonzorda vaqtincha yo‘l harakati cheklanadi / Foto: IIBBYHXB

Chilonzor tumanida KXAY–Qatortol ko‘chalari chorrahasidan KXAY–Bunyodkor 2-darajali yo‘ligacha bo‘lgan qismda transport harakati 18–30 avgust kunlari vaqtincha cheklanadi. Bu haqda IIBB YHXB ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, cheklovga ushbu hududdagi issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangilash ishlari sabab bo‘lmoqda. Haydovchilardan aylanma va yondosh ko‘chalardan foydalanish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onaga yangi 24 ta avtobus olib kelingan edi.