
Dongfeng kompaniyasi yangi yirik M-hero M817 modelini taqdim etdi. Avtomobil ikkita komplektatsiyada sotuvga chiqib, narxlar $44,5 mingdan boshlanadi. Bu haqda Carnewschina xabar bermoqda.
Model Huawei’ning ilg‘or echimlari bilan jihozlangan. Qiankun ADS 4 haydovchiga yordamchi tizimi, HarmonyOS Cockpit 5 va Tianyuan arxitekturasi bilan jihozlangan.

M817 tashqi dizayni bilan kuchli ko‘rinishga ega. Old qismi ikkita variantda taklif etiladi: off-road bamperi yoki shahar uchun tanaga mos rangli bamper. Kapot chiziqlariga integratsiyalashgan faralar va tomdagi qo‘shimcha LED chiroqlar yoritishni kuchaytiradi.
O‘lchamlari: 5100×1998×1919 mm (havo osmasi) yoki 1899 mm. G‘ildirak bazasi 3005 mmni tashkil qiladi. Salon 2+3 joylashuvda, orqa o‘rindiqlar bukilganda 2,1 metrli uyqu maydoniga aylanadi.

Ichki makonda 15,6 dyuymli markaziy ekran HarmonyOS 5 tizimi asosida ishlaydi, telefon ilovalari bilan to‘liq integratsiya qilingan. Metall bezaklar va Nappa charm o‘rindiqlar, massaj, isitish va shamollatish funksiyalari mavjud. Tomda esa oltita fizik tugma joylashgan bo‘lib, ular qo‘shimcha uskunalarni ulash imkonini beradi.
1,5T dvigatel va ikkita elektromotordan iborat gibrid tizim bilan jihozlangan. Benzinli motor quvvati 137 kVt (184 ot kuchi), elektr motorlari esa 200 va 205 kVt (268 va 275 ot kuchi).
Yangi M-hero M817 yo‘ltanlamas ixlosmandlari uchun ilg‘or texnologiya va komfortni birlashtirgan model sifatida e’tirof etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery arzon elektromobillarini taqdim etgani haqida yozgan edi.