Endilikda elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatish cheklanadi

Endilikda elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatish cheklanadi. Bu haqda yangi texnik reglamentni tasdiqladi.
Yangi hujjat mamlakatda muomalaga chiqariladigan bunday mahsulotlar uchun yagona va majburiy talablarni belgilaydi. Unga ko‘ra, mahsulotning pasporti, texnik xizmat ko‘rsatish hamda foydalanish qo‘llanmalari davlat tilida taqdim etilishi shart.
Qadoqlarda mahsulot nomi, ishlab chiqaruvchi yoki tovar belgisi ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, barcha mahsulotlar reglament talablariga muvofiqligi bo‘yicha baholanishi lozim.
Mazkur tartib rasmiy e’lon qilingan kundan olti oy o‘tib kuchga kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan elektrotexnika sohasida 4,6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilishi haqida yozgandi.