Farg‘onaga yangi 24 ta avtobus olib kelindi

eʼlon qilindi
Xitoydan xarid qilingan
Avtobus
Farg‘onaga 24 ta «YUTONG» avtobuslari olib kelindi. Foto: Ijtimoiy tarmoq

Farg‘ona viloyatiga qo‘shimcha 24 ta Yutong avtobuslari olib kelindi. Bu haqda transport vazirligi xabar berdi.

«Farg‘onaavtotrans xizmat» MChJ tomonidan Xitoydan xarid qilingan yangi avtobuslar tez orada shahar yo‘nalishlarida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Hozirda Farg‘ona shahrida oltita yo‘nalishda 72 ta avtobus brutto-shartnoma asosida qatnovda. Shu bilan birga, yangi avtobuslar jamoat transporti tizimini yanada qulay va samarali qilishga xizmat qiladi.

Bundan avval Shahrisabzdan Kitobga qatnaydigan avtobuslar soni 20 taga ko‘paygani haqida yozgandik.

Qashqadaryoda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi «Humoyun» korxonasi tomonidan 20 dona AsiaStar rusumli avtobuslar olib kelindi. Ular «Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi» yo‘nalishida harakatlanadi.

Shuningdek