
Geely kompaniyasi yangi mikro elektromobil – Livan Smurf’ning ilk rasmlarini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.
Bir dvigatelli ushbu model Wuling Hongguang Mini EV va Chery QQ Icecream kabi mashhur mikro elektromobillarga raqobatchi sifatida chiqarildi.





Mashina ixcham, quticha shakliga o‘xshash dizaynga ega. Old qismida Forest Spirit Eye faralar va bamper joylashgan. Zaryadlash darchasi avtomobilning old qismida markazda joylashgan. Ichki qismi sodda, uch xil rangda taklif etiladi: sakura pink, castle grey va forest green. ) Bundan tashqari, markaziy sensorli ekran, aylantiruvchi uzatma tugmasi hamda rul mavjud.
O‘lchamlari kichik: uzunligi 3,1 metr, kengligi 1,5 metr, balandligi 1,6 metr, og‘irligi esa 815 kg. 14 dyuymli g‘ildiraklar, ABS tormoz tizimi va qulaylik uchun turli funksiyalar bilan jihozlangan.





Livan Smurf 40 ot kuchiga ega bitta elektromotor bilan harakatlanadi, maksimal tezligi 100 km/soat. Batareya hajmi taxminan 17 kVt/soat, yurish masofasi esa 200 km atrofida bo‘ladi.
Nashrga ko‘ra, ushbu model narxi besh ming dollar atrofida sotuvga chiqadi.
Bu model aslida Geely Panda Mini EV ning qayta ishlangan ko‘rinishi bo‘lib, u yil boshidan beri 100 mingdan ortiq dona sotilgan.
Bundan avval Renault va Geely yangi avtomobillarni birgalikda ishlab chiqayotgani haqida yozgandik.