Google Avstraliyada $36 millionlik jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Raqobatni cheklovchi harakatlari uchun
Google Avstraliyada $36 millionlik jarimaga tortildi / Foto: Google

Avstraliya Raqobat va iste’molchilar komissiyasi (ACCC) Google’ni Telstra va Optus bilan tuzilgan «raqobatni cheklovchi» kelishuvlari uchun sudga berdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

2019–2021-yillarda Google Asia Pacific ushbu kompaniyalar sotgan Android telefonlariga faqat Google Qidiruvni oldindan o‘rnatish bo‘yicha shart qo‘ygan. Buning evaziga Telstra va Optus reklama daromadidan ulush olgan.

Google aybini tan olib, Federal sudga 55 mln Avstraliya dollari ($35,8 mln) miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya kelgusida telefon ishlab chiqaruvchilar va operatorlar bilan tuzilgan shartnomalardan majburiy qidiruv tizimi cheklovlarini olib tashlashni ham zimmasiga oldi.

ACCC raisi Gina-Kass Gottlieb bu qaror avstraliyaliklarga ko‘proq tanlov imkoniyati yaratishini va raqobatchi qidiruv tizimlari uchun kengroq yo‘l ochishini qayd etdi.

Shuningdek