
Hamas Isroilning G‘azo shahridan aholining ko‘chirilishi bo‘yicha rejasini keskin tanqid qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Ularning ta’kidlashicha, bu rejani amalga oshirish yangi genotsid va majburiy ko‘chirish to‘lqinini anglatadi.
Isroil armiyasi jangovar hududlardan aholining xavfsizligini ta’minlash uchun janubga ko‘chirish maqsadida chodir va vaqtinchalik boshpana vositalarini tayyorlayotganini bildirdi. Hamas esa buni «insonparvarlik niqobi ostidagi aldov» deb baholadi.
Eslatib o‘tamiz, Isroilda urushga qarshi va garovdagilarni ozod qilish talabi bilan namoyishlar o‘tkazildi.