Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi

eʼlon qilindi
Kisva
Ka’ba eshigining yopinchig‘i Toshkentga olib kelindi. Foto: Haidan / Unsplash

O‘zbekistonga Ka’bani qoplab turgan muqaddas matoning bir qismi – kisva olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Ushbu mato Ka’baning eshik qismi ustida joylashgan bo‘lib, uzunligi 6,3 metr, eni esa 3,3 metrni tashkil etadi.

Video: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Muqaddas Ka’ba yopinchig‘ining ushbu qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyidan joy olishi kutilmoqda.

Bundan oldin joriy yilning fevral oyida Shavkat Mirziyoyevga Saudiyaning Haj va umra ishlari vaziri tomonidan Ka’ba yopinchig‘i kisvasining bir parchasi sovg‘a qilingandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Umra – 2025/2026» mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga yo‘l olgani haqida yozgandi.

Safarga jami 240 nafar ziyoratchi yo‘l oldi. Ular dastlab Madina shahrida uch kun, so‘ngra Makka shahrida yetti kun bo‘ladi. 

Shuningdek