Yangiliklar

Namanganda yashirin «hujra»lar tashkil etgan fuqarolar aniqlandi

Diniy ta’lim maqsadida
Namanganda noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi. Foto: DXX

Namangan viloyatida bir nechta fuqarolar yashirin «hujra»larda diniy ta’lim berib, bundan moddiy manfaat olayotgani fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Namangan shahrida bir fuqaro 15 kishiga saboq bergan, yana bir ayol esa uyida 14 nafar voyaga yetmagan bolalarga dars o‘tib, oyiga har biridan 1,5 million so‘mdan pul olgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, yangi Namangan va Uychi tumanlarida ham voyaga yetmagan qizlar va bolalarga yashirin tarzda diniy ta’lim berish holatlari qayd etildi. Shuningdek, To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida ham shunga o‘xshash qonunbuzarliklar aniqlangan.

Mazkur shaxslar va bolalarini noqonuniy saboqlarga yuborgan ota-onalarga qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rildi.

Bundan avval Kursiv Uzbekistan noqonuniy diniy ta’lim va diniy adabiyotlar bosib chiqarish holatlari aniqlangani haqida xabar bergandi.