O‘zbekiston va Polsha meva-sabzavot eksportida hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
«Green Crops» vakillari Toshkentga keladi
O‘zbekiston va Polsha meva-sabzavot eksportida hamkorlik qiladi / Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Polshaning «Green Crops» xoldingi egasi Mateush Ritel va bosh direktori Adam Rujiskiy bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Muzokaralarda kompaniyaning Yevropaning 12 mamlakatida faoliyat yuritayotgani, O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni Polsha hamda boshqa Yevropa davlatlariga eksport qilishga qiziqishi ta’kidlandi.

Tomonlar mahsulot eksporti, ko‘rgazmalarda hamkorlikda qatnashish va savdo aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, «Green Crops» vakillarining Toshkentga safarini tashkil etish hamda kompaniya stendini «Agro Expo Uzbekistan/Agrotech Expo» xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lum qilinishicha, elchixona ko‘magida shu yilning may – oktabr oylarida Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand agro innovatsiyalar instituti va boshqa oliygohlardan 120 nafar talaba Polshada haq to‘lanadigan stajirovkalarda ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Webellian IT kompaniyasi Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochishi haqida yozgan edik.

Shuningdek