O‘zbekiston yoshlari robotsozlikda Ginnes rekordini o‘rnatdi

eʼlon qilindi
1946 nafar yosh muhandis bilan
O‘zbekiston yoshlari robotsozlikda Ginnes rekordini o‘rnatdi / Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 1946 nafar yosh muhandis bir vaqtda 1946 ta kichik robotni yig‘ib, Ginnes rekordini yangiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur rekord yoshlarning ilmiy-texnik salohiyati, jamoaviy hamjihatligi va yangilikka intilishini namoyon etdi. Tadbir bayramona ruhda o‘tib, texnologiya va innovatsiyalar sohasida yoshlar uchun yangi marralarga yo‘l ochdi.

Ushbu tarixiy natija yoshlarimizning «Made in Uzbekistan» brendini mustahkamlash va mamlakatimizning texnologik salohiyatini dunyoga namoyish etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, avvalgi rekord Hindistonga tegishli bo‘lib, u 1456 ta robotni o‘z ichiga olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozogʻiston milliy libosdagi odamlar soni boʻyicha Ginnes rekordini oʻrnatgan edi.

Shuningdek