Toshkent viloyatida 2,9 magnitudali zilzila qayd etildi
eʼlon qilindi
Yer silkinishi soat 04:00:07 da qayd etilgan

18-avgust tongida Toshkent viloyatining Parkent tumanida zilzila yuz berdi. Respublika seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi soat 04:00 da qayd etilgan.
Zilzila tafsilotlari:
- Magnituda: 2,9;
- Chuqurligi: 10 km;
- Episentr koordinatalari: 41,12 N, 69,45 E;
- Joylashuv: Toshkent shahridan 25 km janubiy-sharqda, Parkent tumani hududi.
Sezilish kuchi:
- Episentrda — 3 ball;
- Yuqori Chirchiq tumani — 2-3 ball (7 km);
- O‘rta Chirchiq tumani — 2 ball (11 km);
- Nurafshon shahri — 2 ball (12 km);
- Bektemir tumani — 2 ball (16 km);
- Yangi Hayot tumani — 2 ball (20 km);
- Yashnabod tumani — 2 ball (20 km).
Zilzila kuchi kichik bo‘lgani sababli jiddiy zarar yoki talafotlar qayd etilgani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijon viloyatida 4 ballik zilzila bo‘lgani haqida xabar bergan edi.