
Samsung yaqin kunlarda Samsung Galaxy F17 5G va Galaxy M17 5G smartfonlarini taqdim etadi. Bu haqda SamMobile xabar bermoqda.
Ularning katalog raqamlari mos ravishda SM-E176B va SM-M176B bo‘lib, qurilma kodi a17x. Xuddi shu kod Galaxy A17 5G‘da ham ishlatilgan. Bu esa yangi modellarning Galaxy A17 5G klonlari bo‘lishini ko‘rsatmoqda.

Google Play Console bazasida allaqachon Galaxy M17 5G suratlari va texnik ma’lumotlari paydo bo‘ldi. Qurilma Exynos 1330 chipida ishlaydi, 2340×1080 pikselli ekran va 4 GB tezkor xotiraga ega. Operatsion tizim sifatida Android 15 o‘rnatilgan. Dizayn jihatidan u to‘liq Galaxy A17 5G’ni takrorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 sotuvi 20 million donaga yetgani haqida yozgan edi.
Mutaxassislarga ko‘ra, kelasi yilda Snapdragon 8 Elite Gen 2 bilan ham shunday natija qaytarilishi mumkin. Ammo Galaxy S26 liniyasining barcha modellarida bu chip bo‘lishi aniq emas. Ba’zi mintaqa bozorlari uchun Galaxy S26 Pro va S26 Edge modellari Exynos 2600 protsessorini olishi mumkin.
Avvalroq Samsung Galaxy S25 seriyasi Janubiy Koreyada 3 million dona sotilgani haqida yozgan edik. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu muvaffaqiyatga foydalanuvchilarga smartfonni bir yil ichida asl narxining 50 foizigacha qaytarib sotish imkonini beruvchi obuna dasturi ham sezilarli hissa qo‘shgan.