Lifestyle

Shomurodov asosiy tarkibda tushgan bahsda “Bashakshehir” durang o‘ynadi

Turli sabablar tufayli yarim himoyachi Abbos Fayzullayev o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi
Foto: gettyimages

«Istanbul Bashakshehir» Turkiya Superligasining 2-turida o‘z maydonida «Kayserispor»ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

41-daqiqada Ivan Brnich mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ammo 68-daqiqada mehmonlar safidagi Migel Kardoso hisobni tenglashtirdi.

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 70-daqiqada zaxiraga olindi. Uning faol harakatlariga qaramay, jamoasi g‘alaba qozona olmadi.

Shuningdek, turli sabablar tufayli yarim himoyachi Abbos Fayzullayev o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Turkiya OAVda bu holat uning transfer bilan bog‘liq muammolari bilan izohlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov assist qayd etgan o‘yinda necha ballga loyiq ko‘rilgani haqida xabar bergan edi.