Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metrosigacha bo‘lgan yo‘l 13 kunga yopildi
eʼlon qilindi
18-avgustdan-30-avgustgacha

Chilonzor tumanining Farhod ko‘chasi Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metro bekati chorrahasiga qadar yo‘lning qatnov qismi yopildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Joriy yilning 18-avgustidan-30-avgustigacha 13 kun muddatda ushbu hududda issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi 20 kundan ziyodga yopilgani haqida yozgandi.