Yangiliklar

Swatch kompaniyasi Xitoydagi reklamasi uchun uzr so‘radi

Weibo hamda Instagram sahifalarida
Swatch kompaniyasi Xitoyda reklamasi uchun uzr so‘radi / Foto: Swatch

Shveysariyaning mashhur soat ishlab chiqaruvchisi Swatch Xitoyda katta tanqidlarga sabab bo‘lgan reklama uchun uzr so‘radi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya yangi kolleksiya reklamasida osiyolik modelning ko‘zlarini tortib, «qiyiq ko‘z» ifodasini ko‘rsatgan suratlarni ishlatgan edi.

Xitoylik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari buni irqchilik bilan tenglashtirib, kompaniyani keskin qoralashdi. Shundan so‘ng Swatch barcha materiallarni olib tashladi va Weibo hamda Instagram sahifalarida uzr e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Swatch Xitoy bozoriga kuchli darajada bog‘langan. O‘tgan yili kompaniya daromadining 27 foizi Xitoy, Gonkong va Makau hududidan tushgan edi. Shu bilan birga, 2024-yilda daromad 14,6 foizga kamayib, 6,74 mlrd Shveysariya frankini tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda til maktabi reklamasi muallifi jarimaga tortilgan edi.