Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgaradi

eʼlon qilindi
Avtobuslar harakat vaqti hamda intervali cho‘zilishi mumkin
Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgaradi / Foto: Transport

Kichik halqa yo‘lining Qatortol ko‘chasidan Bunyodkor shohko‘chasigacha bo‘lgan qismida kommunal quvurlar ta’mirlanayotgani sababli 18-avgustdan bir qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 8, 34, 70, 99, 113, 114, 125, 131, 134, 135, 139-sonli avtobuslar Qatortol – Mehr – Bunyodkor ko‘chalari orqali harakatlanadi.

41, 48, 69, 116-sonli avtobuslar esa Qatortol-2 va Bunyodkor ko‘chalari orqali qatnaydi.

Rekonstruksiya davomida tirbandlik kuchayishi, avtobuslar harakat vaqti hamda intervali cho‘zilishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metrosigacha bo‘lgan yo‘l 13 kunga yopilgan edi.

Shuningdek