
Yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni kengaytirish, innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish va xalq farovonligini ta’minlashda faol hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar, olimlar va ishbilarmonlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni Kamol Abdulloyev, Abdulxoshim Ismoilov, Farxod Mamatdjanov va Zafar Xashimovga topshirildi. «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator» faxriy unvoni Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori Gappar Raxmanberdiyevga berildi.
Shuningdek, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan Jaxongir Artikxodjayev, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Boxodir Abdurayimov, Dilshod Bobojonov, Nuritdin Muxtorxonov va Nurulla Ruzemuxamedov taqdirlandi.
«Do‘stlik» ordeniga Azizxo‘ja Azizxo‘jayev, Temur Abidov, Farxodjon Zokirov, Madina Kasimbayeva, Nikoloz Kurdiani, Murabit Maxmudov, Murod Nasirov, Rustam Sadikov, Palzada Saliyeva, Zafar To‘rayev va Shuxrat Ergashev sazovor bo‘ldi.
Bundan tashqari, turli viloyatlardan ko‘plab tadbirkor va mutaxassislar «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi:
Ilxomjon Abduraxmanov – Paxtakor tumanidagi «Paxtakor Teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati;
Murod Akramov – Zangiota tumanidagi «Technologies of Real Time» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati;
Aliyev Shuxratbek Erkinovich – Asaka tumanidagi «Baraka hamkor parranda» xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati;
Muxtar Amonov – Buxoro davlat universitetining kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi professori, Buxoro viloyati;
Yulduz Babakulova – Guliston tumanidagi «Yulduz Abdug‘afforovna» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati;
Akram Botirov – Davlatobod tumanidagi «Interior Mega Max» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati;
Saidazim Burxanxodjayev – Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi «ITF Group LLC» logistika kompaniyasi ijrochi direktori;
Dilnoza G‘oziyeva – Yunusobod tumanidagi «Perfect Design Arh» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri;
Elyorjon Jalolov – Quva tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Farg‘ona viloyati;
Shuxrat Ilxomov – Qibray tumanidagi «Navruz International Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati;
Muzaffar Karabayev – «Datasite Technology» va «SiteLabs» kompaniyalari asoschisi;
G‘ayratdin Kerimbayev – To‘rtko‘l tumanidagi «115-To‘rtko‘l avtokorxonasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Nasimjon Komilov – Samarqand shahridagi «STD Health Med» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati;
Sayot Kosimov – Kogon tumanidagi «Kogon Mars Plyus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati;
Muzaffar Qodirov – Yashnobod tumanidagi «MEP Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri;
Maxira Mamutova – Nukus shahridagi «Good Cafe» oilaviy korxonasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Sherzod Mahmatmurodov – Qamashi tumanidagi «Nurmanova Xurshida» sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati;
Olga Numanova – «InFinBank» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi;
Botir Rajabov – Bandixon tumanidagi «Omad» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;
Ulugbek Rustamov – Toshkent shahridagi «Click» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari;
Noxid Saidkamalov – Andijon shahridagi «Grand Tehnolog» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati;
Mirjamol Safarov – Qarshi shahridagi «Qashqadaryo maxsus montaj servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati;
Gulnora Sultanmuratova – Urganch shahridagi «Star Kids Plus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati;
Botirjon Tuxtaniyazov – Toshkent tumanidagi «To‘xtaniyoz ota» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati;
Mirxayot Xakimov – Angren shahridagi «National Ceramics» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati;
Zarina Xamidova – Nurota tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-kashtachi, Navoiy viloyati;
Furkat Xikmatov – Parkent tumanidagi «Batu Export» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati;
Jasurbek Xodjayev – Toshkent shahridagi Inha universiteti professori.
Bundan avval bir guruh rahbarlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangandi.