Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Tramp bilan ushrashish uchun Vashingtonga yetib keldi

eʼlon qilindi
Zelenskiy Ukraina uzoq muddatli tinchlikni talab qilayotganini ta’kidladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga keldi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga yetib kelgani va bugun, 18-avgust kuni Donald Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi.

«Vashingtonga yetib keldim. Ertaga AQSh prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, yevropalik yetakchilar bilan ham suhbatlashamiz. AQSh prezidentiga taklif qilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz hammamiz birdek bu urushni tez va ishonchli tarzda tugatishni xohlaymiz», – deb yozdi Zelenskiy.

Zelenskiy Ukraina uzoq muddatli tinchlikni talab qilayotganini ta’kidladi.

«Amerika va yevropalik do‘stlarimiz bilan birlashgan kuchimiz Rossiyani haqiqiy tinchlikka olib kelishiga ishonaman», – dedi Zelenskiy.

Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa rahbarlari bilan birga Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishini yozgandik.

Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp 22-avgust kuni Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek