Xiaomi 16 smartfonlari katta o‘zgarishlar bilan taqdim etiladi

18-avgust 2025 13:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 16
Xiaomi 16 smartfonlari katta o‘zgarishlar bilan taqdim etiladi / Foto: Mint

Xiaomi prezidenti Lu Veybing kompaniyaning yangi flagmanlari Xiaomi 16 va Xiaomi 16 Pro haqida qiziqish uyg‘otdi. Unga ko‘ra, bu avlod smartfonlari juda katta o‘zgarishlar bilan chiqadi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Lu Veybingning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilmalar ham pozitsiyalashuv va texnik imkoniyatlarda sezilarli yangiliklarni taqdim etadi.

«Yangi avlod smartfonlari sizga juda tez orada taqdim etiladi», — dedi u.

Rasmiy texnik ma’lumotlar hozircha oshkor qilinmagan. Ammo oldinroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Xiaomi 16 modeli 6800 mA·soatli katta akkumulyator, yana-da yaxshilangan Leica kameralar va HyperOS 3 tizimi (Android 16 asosida) bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi Note 15 Pro+ smartfoni sinovdan o‘tgani haqida yozgan edi.

Shuningdek