Yangi o‘quv yili uchun kontrakt narxlari hali tasdiqlanmadi — Oliy ta’lim vazirligi

eʼlon qilindi
Vazirlik Kursiv Uzbekistan’ga bu xabarni tasdiqladi
Pul
Foto: Facebook.com

2025/2026-o‘quv yilining Oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-shartnoma (kontrakt) narxlari haqidagi qaror hali tasdiqlanmagan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kursiv’ga ma’lum qildi.

«Kontrakt yoki super-kontrakt to‘lovlari o‘zgarishi haqida hozircha hech qanday hujjat chiqmadi», — deya javob berdi vazirlik matbuot kotibi nashr so‘roviga.

O‘z navbatida, bugun 18-avgust kuni bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram kanalida bu masala yuzasidan vazirlikning mas’ullari bilan bog‘langani, ular yangi o‘quv yilining kontrakt narxlari oshmasligini tasdiqlashgani haqida xabar berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan super-kontrakt narxi qanday hisoblanishi haqida yozgandi.

Shuningdek