
Shu yilning 10-sentabridan Toshkent viloyatidagi markaziy issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari yangilanadi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi 18-avgust kuni qabul qilgan qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, aholiga, budjet tashkilotlariga hamda ulgurji iste’molchilarga taqdim etiladigan issiq suv va issiqlik energiyasi xizmatlarida o‘sish kuzatiladi.
Yangilangan tariflar (QQS bilan, so‘mda):
Hudud / Xizmat turi | Issiqlik energiyasi (1 Gkal) | Issiq suv (1 m³, hisobdoni bor) | Issiq suv (1 kishi, oyiga) | Isitish (1 kv.m, kuniga) |
---|---|---|---|---|
Viloyat bo‘yicha | 102,8 ming so‘m | 5 654,9 so‘m | 22 084,2 so‘m | 205,6 so‘m |
Angren shahar | 102,8 ming so‘m | 6 685,9 so‘m | 21 950,3 so‘m | 187,6 so‘m |
Chirchiq shahar | 111,4 ming so‘m | 6 128,7 so‘m | 22 720,9 so‘m | 188,3 so‘m |
Olmaliq shahar | 110,9 ming so‘m | 6 098,4 so‘m | 23 063,0 so‘m | 155,2 so‘m |
Shuningdek, budjet tashkilotlari va yirik iste’molchilar uchun ham issiqlik energiyasi narxi bir xil qilib belgilandi — 700 ming so‘m (1 Gkal, QQS bilan).
Qarorga ko‘ra, mazkur tariflar erta qo‘llanilmasligi va asossiz oshirib yuborilmasligi uchun mas’ullar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-oktabrdan Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti va issiq suv narxlari 15 foizga oshishi mumkinligi haqida yozgandi.