Banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi kamaydi

eʼlon qilindi
Mikroqarzlar bo‘yicha 36,1%, avtokreditlarda esa 23,8%
kredit
Foto: pressmaster / www.depositphotos.com

18-avgust holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 0,2 foizga pasayib, 36,1 foizni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 24,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,2 foizni ko‘rsatmoqda.

11-avgust holatiga ko‘ra, mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 36,3 foizni tashkil etgandi.

Eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «TBC bank» – 42,4%;
  • «Anor bank» – 40,2%;
  • «Tenge bank» – 39,8%;
  • «Davr bank» – 37,4%;
  • «Ipoteka bank» – 36,8%.
Foto: Markaziy bank

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 21,8%;
  • «NBU» – 26%;
  • «OFB» – 26,3%;
  • «Trast bank» – 26,6%;
  • «Infin bank» – 26,8%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha yillik foiz stavkasi 23,8 foizga oshgan. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 24,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,2 foizni ko‘rsatmoqda.

11-avgust holatiga ko‘ra, avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 23,7 foizni tashkil etgandi.

Eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Ipoteka bank» – 21,3%;
  • «OFB» – 21,8%;
  • «Asakabank» –22,6%;
  • «Ipak yo‘li bank» – 23,3%;
  • «NBU» –23,6%.
Foto: Markaziy bank

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Infinbank» – 28%;
  • «Hamkor bank» – 27,9%;
  • «Madad Invest bank» –27,9%;
  • «Mkbank» – 27,5%;
  • «Poytaxt bank» – 26,9%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 11-avgust holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek