
Bo‘ka tumandagi 12 512 ta xonadon va 267 ta yirik iste’molchiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 18-avgust kuni soat 21:40 da tuman hududidan o‘tgan yuqori bosimli yerosti gaz quvuriga ekskavator shikast yetkazgani uzilish sababiga aylangan.
Gaz ta’minoti korxonasi mutaxassislari hozirda quvurni ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Ishlar yakunlangach tumandagi barcha iste’molchilarga gaz yetkazib berish qayta tiklanadi.
Aholidan gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish va gaz jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish so‘ralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtdagi Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metrosigacha bo‘lgan yo‘l 13 kunga yopilgan edi.