Bosh vazir Islom sivilizatsiyasi markazidagi yong‘in joyiga bordi — video
eʼlon qilindi
19 kvadrat metr maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in soat 11:32 da o‘rab olinib, 11:34 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa natijasida 19 kvadrat metr maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan.
Xabarlarga ko‘ra, voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov borib, vaziyatni o‘rgandi.
Yong‘in oqibatida fuqorolar jabrlanmagan, bino ichki qismi shikastlanmagan va unda nodir eksponatlar saqlanmagan.
Bundan oldin Kursiv Uzbekistan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in yuz bergani, yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, o‘t o‘chirish ishlari olib borilayotgani haqida yozgandi.