Yangiliklar

Bosh vazir Islom sivilizatsiyasi markazidagi yong‘in joyiga bordi — video

19 kvadrat metr maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan
Abdulla Aripov Islom sivilizatsiyasi markazidagi yong‘in joyiga bordi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in soat 11:32 da o‘rab olinib, 11:34 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa natijasida 19 kvadrat metr maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan.

Xabarlarga ko‘ra, voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov borib, vaziyatni o‘rgandi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/08/img_3186.mp4
Video: ijtimoiy tarmoq

Yong‘in oqibatida fuqorolar jabrlanmagan, bino ichki qismi shikastlanmagan va unda nodir eksponatlar saqlanmagan.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in yuz bergani, yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, o‘t o‘chirish ishlari olib borilayotgani haqida yozgandi.