Yangiliklar

Hamas 60 kunlik sulh taklifini qabul qildi

Muzokaralarda Misr, Qatar va AQSh vositachilik qilmoqda
Hamas 60 kunlik sulh taklifini qabul qildi / Foto: Bloomberg

Hamas Isroil bilan 60 kunlik sulhga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Rejaga ko‘ra, garovdagilarning yarmi ozod qilinadi, buning evaziga Isroil bir guruh falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuboradi. Muzokaralarda Misr, Qatar va AQSh vositachilik qilmoqda.

Isroil bu taklifga hali rasmiy javob bermagan. Shu bilan birga, G‘azoda janglar davom etmoqda va Isroil tanklari Sabra tumaniga kirgani xabar qilindi. Hududda tinch aholi orasida ham talafotlar ortmoqda.

Ma’lumot uchun, urush 2023-yil oktabrida boshlangan bo‘lib, Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar 61 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Shu paytgacha garovdagilarning 20 nafari tirik ekani taxmin qilinmoqda.

Xalqaro hamjamiyat esa tomonlarni zudlik bilan to‘xtashga va insonparvarlik yordamlarini kengaytirishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hamas Isroilning G‘azoni ko‘chirish rejasini rad etgan edi.