
Hyundai kompaniyasi Xitoy bozorida to‘rtta mashina modeliga katta chegirma e’lon qildi. Elantra, Sonata, Tucson L va Custo avtomobillari avgust oxirigacha arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi.
Ma’lum qilinishicha, eng katta chegirma 27 ming yuanga teng. Hyundai Elantra 18 ming yuan arzonlashib, endi 69,8 ming yuanga ($9,6 ming) sotilmoqda. Sonata esa 19 ming yuan chegirma bilan 115,8 ming yuanga ($16 ming) tushdi.
Eng katta chegirma Tucson L krossoveriga qo‘yilgan bo‘lib, 27 ming yuanni tashkil etadi. Mashina narxi $16 mingga teng. Hyundai Custo miniveni esa 26 ming yuan arzonlashib, 139,8 ming yuanga ($19,3 ming) taklif qilinmoqda. Chegirmalarga davlat subsidiyasi ham qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD, Chery va Hyundai avtomobillari Qozog‘istonda arzonmi yoki O‘zbekistonda nomli maqola e’lon qilgan edi.