Avto

Jetour Shanhai L7 Plus arzon narxda sotuvga chiqdi

Narxi $18 mingdan boshlanadi
Jetour Shanhai L7 Plus
Jetour Shanhai L7 Plus arzon narxda sotuvga chiqdi / Foto: Autohome

Xitoyda yangi Jetour Shanhai L7 Plus avtomobili savdoga chiqarildi. Avval narxi 200 ming yuan atrofida bo‘lishi kutilgan edi, biroq boshlang‘ich narx 129,9 ming yuan ($18 ming) etib belgilandi.

Model oltita komplektatsiyada taqdim etildi. Birinchi ikkisi 5 o‘rinli, qolganlari esa 7 o‘rinli. Eng qimmat versiya narxi 179,9 ming yuanga teng. O‘lchamlari 4810×1930×1705 mm, g‘ildirak bazasi 2820 mm. Bu mashina Geely Mojaro bilan taqqoslanadi. Disk diametri 19 yoki 20 dyuym.

Foto: Autohome
Foto: Autohome

Salon jihozida 15,6 dyuymli ekranli media tizim, 12 dinamikli akustika, 50 vattli simsiz quvvatlash mavjud. Shuningdek, avtomobil ikkita sovitkich bilan ta’minlangan – biri podlokotnikda, ikkinchisi 20 litr hajmda yukxonada. Barcha o‘rindiqlar tekis holga yotqizilib, 3 metrlik katta karavot hosil qilish mumkin.

Foto: Autohome

Gibrid dvigatel 1,5 litrli benzin motor va ikkita elektromotordan iborat. Umumiy quvvati – 360 ot kuchi. Batareya sig‘imi 32,66 kVt/soat bo‘lib, elektrda 220 km yo‘l bosadi. O‘rtacha sarf 5,25 l/100 km, benzin bakida esa maksimal 1700 km masofa yurish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jetour Shanhai L7 Plus 18-avgustdan oldindan sotuvga chiqishi haqida yozgan edi.

Shanhai L7 Plus yangi dizayn uslubida yaratilgan. Old qismida uzluksiz LED chiroq chizig‘i va Jetour logotipidagi «J» harfiga mos shakldagi faralar joylashgan. Pastki qismida trapezoid shaklli havo panjari va yon havo kanallari mavjud.