Avto

Kia Carnival 2026 1-sentabrdan sotuvga chiqadi

Komplektatsiyalar soni ko‘paygan
Kia Carnival 2026
Kia Carnival 2026 1-sentabrdan sotuvga chiqadi / Foto: Autohome

Kia kompaniyasi yangilangan Kia Carnival 2026 modelini 1-sentabrdan bozorga chiqarishini ma’lum qildi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Bu yilgi yangilanish katta o‘zgarishlarga emas, balki asosan jihozlanishga qaratilgan. Komplektatsiyalar soni ko‘payadi, ularning jihozlari o‘zgaradi, biroq tashqi dizayn deyarli o‘zgarmaydi. Autohome ma’lumotiga ko‘ra, modelning narxi ham pasayishi mumkin.

Yangi Carnival hozirgi model dizaynini saqlab qoladi. Salonida ikkita 12,3 dyuymli ekran, elektron aylanuvchi uzatma selektori mavjud. Avtomobil 2+2+3 sxemadagi yetti o‘rinli joylashuvda taqdim etiladi.

Texnik qismda ham katta yangiliklar amalga oshirilmagan. Mashina 232 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor bilan jihozlangan. U 8 pog‘onali avtomatik transmissiya bilan ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia kompaniyasining Picanto va XCeed modellari yangilangani haqida yozgan edi.