Navoiy viloyatidagi oltin koni auksionda 68 milliard so‘mga sotildi

eʼlon qilindi
«Temirchi» oltin koni
Oltin
Navoiy viloyatidagi oltin koni auksionda 68 milliard so‘mga sotildi. Foto: bashta/Depositphotos

Navoiy viloyatidagi «Temirchi» oltin koni uchun geologik-qidiruv huquqi auksionda 67,8 mlrd so‘mga sotildi. Savdo natijalari haqida ma’lumot E-auksion platformasida e’lon qilindi.

249 gektar maydonga ega ushbu yer uchastkasi Zafarobod posyolkasi yaqinida joylashgan. Dastlabki baholarga ko‘ra, kon zaxiralari qariyb olti tonna qimmatbaho metallni (sof oltin hisobida) tashkil qiladi.

Savdolar boshlanganda dastlabki narx 4,1 mlrd so‘m etib belgilangandi. 12 soat davomida ishtirokchilar 300 dan ortiq taklif kiritdi. Natijada lotning yakuniy narxi boshlang‘ich qiymatdan 16,5 baravar yuqori bo‘ldi.

Konga eng yuqori taklifni «Zauris» MChJ berdi. Mazkur firma 10 mln so‘m ustav kapitali bilan shu yilning iyul oyida Toshkentda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati rangli metallar rudalarini qazib olish sifatida ko‘rsatilgan.

Kompaniya asoschisi Feruza Fayziyeva bo‘lib, kompaniyaning 100 foiz ulushi unga tegishli.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiyda sakkizta kon uchun $566 million investitsiya jalb etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek