NIO kompaniyasi Markaziy Osiyo bozoriga O‘zbekiston orqali kiradi

19-avgust 2025 17:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Nio
Nio elektromobillarining savdosini Markaziy Osiyoda O‘zbekistondan boshlaydi / Foto: Ochiq manbalar

Xitoyning Nio elektromobil kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishini rasman e’lon qildi. Mintaqadagi kompaniyaning birinchi hamkori Abu Sahiy Motors bo‘ladi. Hamkorlik doirasida Nio beshta modelni taqdim etadi. Ular flagman krossoverlardan tortib, arzonroq segmentdagi Onvo L60 krossoverigacha.

O‘zbekistonga kirib keladigan avtomobillar

Nio ES8 (EL8)

Nio
Foto: Kompaniya sayti

Kompaniyaning flagman krossoveri bo‘lib, Xitoydan tashqarida EL8 nomi bilan tanilgan. Biroq Audi bilan sud jarayoni sabab nomi o‘zgartirilgan. Ikkinchi avlod ES8 — uzunligi besh metrdan ortiq bo‘lgan to‘liq o‘lchamli elektromobil. Uning saloni 2+2+2 sxemadagi oltita o‘ringa ega. Avtomobil ikkita motor bilan jihozlangan. Umumiy quvvati 653 ot kuchini tashkil etadi. Model 75 va 100 kVt·soat sig‘imli akkumulyatorlar bilan taklif etiladi hamda CLTC sikli bo‘yicha 605 km masofa bosib o‘tishi mumkin.

Nio ES6 (EL6)

Nio
Foto: Kompaniya sayti

Liniyadagi kichikroq krossover bo‘lib, xalqaro bozorlarda EL6 nomi bilan tanilgan. U ES8’dan kichikroq, ammo ancha qulay. Uning uzunligi 4,85 metr, g‘ildirak bazasi esa 2,9 metrni tashkil etadi. Salon besh nafar yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan. U 490 ot kuchiga ega. Modelning bir quvvatlanishdagi yurish masofasi esa 650 kilometrga yetadi.

Nio ET5 va ET5 Touring

Nio
Foto: Kompaniya sayti

O‘rta o‘lchamdagi sedan va uning universal versiyasi. Har ikkala model bir xil o‘lchamlarga ega: uzunligi 4,79 metr, g‘ildirak bazasi esa 2,89 metr. 490 ot kuchiga ega qurilma va 75 yoki 100 kVt·soat sig‘imli batareyalar bilan jihozlanadi. Sedanning yurish masofasi 740 kilometrgacha, universalniki esa 710 kilometrgacha yetadi.

Onvo L60

Onvo
Nio elektromobil kompaniyasi O‘zbekistonda modellarini sotadimi / Foto: Onvo

Kompaniyaning Onvo subbrendi ostidagi ilk model. Kupe-krossover ko‘proq arzonroq segmentga yo‘naltirilgan va Tesla Model Y’ga raqib sifatida taqdim etiladi. Versiyasiga qarab 326 yoki 462 ot kuchiga ega motor bilan, 60 yoki 85 kVt·soatli batareya bilan jihozlanadi. Yurish masofasi 555 kilometrdan 730 kilometrgacha o‘zgaradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt sotib olish uchun oylik maoshni qancha vaqt jamg‘arish kerakligi haqida yozgan edi.

Shuningdek